Biz ijtimoiy tarmoqlarda
5G xizmati

5G o‘zi nima?

5G — internet ishlashining yuqori tezligi va signalni uzatishdagi eng kichik uzilishlar (atigi 1–2 ms) bilan farqlanuvchi, beshinchi avlod mobil aloqa standarti.

5G afzalliklari

  • Ushlanishlarsiz bo‘lgan yuqori tezlikdagi (1 Gbit/soniya gacha) internet

  • Signal barqarorligi

  • Tez javob qaytarish (kam ping)

  • Ko‘proq sondagi qurilmalarni ulash imkoniyati

  • Qurilma batareykasining quvvatini tejash.

Qanday ulash mumkin?

Ulash narxi – 0 so‘m

Xizmatni boshqarish:

Boshqarish

USSD-buyruq

SMS

Xizmatni ulash

*223*1#

616223 raqamiga 1 sonini yuborish

Xizmatni o‘chirish

*223*0#

616223 raqamiga 0 sonini yuborish

Xizmatning holatini tekshirish

*223#

616223 raqamiga 3 sonini yuborish

Xizmatni yuridik shaxslarga yozma ariza bo‘yicha, Virtual menejer va korporativ USSD-portal oraqli ulash imkoniyati mavjud.

«5G» xizmatini kim ulashi mumkin?

  • «5G» xizmatidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar foydalanishlari mumkin

  • «5G» xizmatini faollashtirishdan oldin «Mobil internet» xizmatini yoqish zarur

  • Ushbu tarmoqda ishlash uchun smartfon 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi va qurilma DT ishlab chiquvchisi tomonidan ruxsat berilgan kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

5G internet-to‘plami (50 000 Mb)

5G internet-to‘plami – Toshkent shahridagi 5G tarmog‘i hududida sarflash uchun mo‘ljallangan 50 000 Mb hajmdagi to‘plam bo‘lib, u ulanganda ma’lumotlarni uzatish 1 Gbit/soniya gacha bo‘lgan tezlikda amalga oshiriladi.

Foydalanish imkoniyati: jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar

Ulash narxi: 75 000 so‘m (QQS bilan)

Amal qilish muddati: 30 kun

Xizmatni boshqarish:

Faollashtirish uchun USSD-buyruq: *225*50000#

Qoldiqni tekshirish usuli: *225#

Xizmatni yuridik shaxslarga yozma ariza bo‘yicha, Virtual menejer va korporativ USSD-portal oraqli ulash imkoniyati mavjud.

Izohlar:

  • «5G internet-to‘plam (50 000 MB)» internet-to‘plamidan foydalanish uchun «5G» xizmatini faollashtirish zarur.

  • To‘plamga kiritilgan trafik hajmi 30 kun muddatga taqdim etiladi.

  • Internet-to‘plamni sotib olganingizdan keyin narxlash noto‘g‘ri bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun telefon, planshet yoki USB-modemingizni qayta yuklang (USB-modemni kompyuterdan chiqarib, yana qo‘ying).

  • Bir nechta to‘plamlarni xarid qilish oralig‘idagi vaqt kamida 10 daqiqani tashkil etishi kerak.

  • Xarid qilingan «5G internet-to‘plam (50 000 MB)» internet-to`plamlarning hajmi qo`shiladi. Foydalanish muddati esa oxirgi xarid qilingan to`plam muddati tugaguncha uzaytiriladi va 30 kunni tashkil etadi.

  • Boshqa turdagi internet-to‘plamlar bilan qo‘shilmaydi.

  • «5G internet-to‘plam» xizmatini ulash uchun abonent hisobida xizmatni xarid qilish uchun yetarli miqdordagi mablag‘ bo‘lishi kerak.

  • «5G internet-to‘plam» internet-to‘plami Toshkent shahridagi 5G tarmog‘i hududida sarflanishning birinchi ustuvorligiga ega.

  • «5G internet-to‘plam (50 000 MB)» xizmati doirasidagi belgilangan trafik tugaganidan keyin, trafik belgilangan narxlar yoki boshqa to‘plamlar bo‘yicha narxlanadi.

  • Faol «5G» xizmati mavjud bo‘lib, «5G internet-to‘plam» to‘plami bo‘lmagan holatda, internet-trafik tarif rejasining qoidalari yoki boshqa internet-to‘plamlarga muvofiq narxlanadi.

  • Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgartirilganda to‘plamlarni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.

  • «5G» xizmati va «5G internet-to‘plam» to‘plami abonent O‘zbekiston Respublikasi hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida, Toshkent shahridagi 5G tarmog‘i hududida bo‘lgandagina amal qiladi.

  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Ro'yxatga qaytish