Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Maʼlumot markazi

0890-«UMS» MChJ abonentlari, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi maʼlumot markazining raqami. «0890 Ovozli yordamchi» avtomatlashgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘lib, abonentlar undan foydalangan holda mustaqil tarzda quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:

  • kompaniya yangiliklaridan xabardor bo‘lish;
  • xizmatlar haqida maʼlumot olish, shuningdek, qo‘shimcha xizmatlarni ulash yoki o‘chirish;
  • tarif-rejalari haqida maʼlumot olish va o‘z tarif-rejasini o‘zgartirish;
  • to‘lov usullari va balans haqida ma’lumot olish;
  • savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari haqida ma’lumot olish;
  • masalani hal qilish uchun operator bilan bog‘lanish.

Ovozli yordamchi xizmatidan foydalanish uchun, abonеnt 0890 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tizimda ko‘rsatilgan yo‘riqnomalarga rioya etgan holda, kerakli harakatni bajarish uchun punktni tanlab olish zarur. 

(+99897) 1300909 – shahar raqamlari va O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari raqamlaridan qo‘ng‘iroqlar uchun maʼlumot markazi.

 (+99897) 1300909 avtomatlashgan tizimi mustaqil ravishda quyidagi maʼlumotlarni olishga yordam beradi:

  • kompaniya yangiliklaridan xabardor bo‘lish;
  • qo‘shimcha xizmatlar haqida maʼlumot olish;
  • tarif rejalari haqida maʼlumot olish;
  • savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari manzillari haqida ma’lumot olish;
  • masalani hal qilish uchun operator bilan bog‘lanish.


Shartlari

  • Mobiuz tarmog‘i ichida 0890 va 0990 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish bepul, tarif doirasidagi daqiqalarni sarflamaydi, hamda qo‘ng‘iroqni bloklangan holatda ham amalga oshirish mumkin.
0850 – Kompaniya tomonidan abonentlarga avtomatlashtirilgan chiquvchi qo‘ng‘iroqlar amalga oshiriladigan raqam. 0850 qisqa raqamidan abonentga qo‘ng‘iroq turli xizmatlar yoki bonuslar taklif etish maqsadida, shuningdek yangiliklar va o‘zgarishlar haqida xabardor qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Xabardor qilish oldindan yozib olingan ovozli roliklar yordamida (jonli operator ishtirokisiz) amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga qaytish