Biz ijtimoiy tarmoqlarda

«MobiCinema» xizmati Sizga mobicinema.uz veb-sayti orqali kino, seriallar va teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Siz obuna amal qilish muddatini tanlashingiz mumkin: 1 kun yoki 1 oy.

KONTENT-XIZMATLAR NARXI:

KONTENT-XIZMAT

(obuna turi va tavsifi)

Narxi

All Inclusive, 1 oyga

150 ta telekanal, kinoarxiv va video bazasiga kirishni taqdim etuvchi kompleks ko‘ngilochar taklif. Obuna yetakchi onlayn-kinoteatrlar kontentini birlashtiradi: MEGOGO, WINK, START, KinoUZ, Plan B.

39000 so‘m

(oyiga)

Full TV, 1 oyga

150 ta telekanal va dasturlar arxiviga kirishni o‘z ichiga olgan raqamli televideniye tomosha qilish uchun maxsus to‘plam.

29900 so‘m

(oyiga)

Full TV, 1 kunga

150 ta telekanal va dasturlar arxiviga kirishni o‘z ichiga olgan raqamli televideniye tomosha qilish uchun maxsus to‘plam.

1990 so‘m

(kuniga)

KinoUZ, 1 oyga

O‘zbek tilidagi filmlar va seriallar katalogiga kirishni taqdim etuvchi tematik obuna.

12000 so‘m

(oyiga)

KinoUZ, 1 kunga

O‘zbek tilidagi filmlar va seriallar katalogiga kirishni taqdim etuvchi tematik obuna.

699 so‘m

(kuniga)

PlayON, 1 kunga

Sport ishqibozlari uchun taklif, 19 ta sport kanalini o‘z ichiga oladi.

1495 so‘m

(kuniga)

Setanta Sports, 1 oyga

Setanta Sports’ning ikki telekanaliga maxsus obuna, futbol o‘yinlari, MMA turnirlari, Formula-1 poygalari va basketbol uchrashuvlari kabi jahon sport tadbirlarining jonli efirlariga kirishni ta’minlaydi.

16999 so‘m

(oyiga)

Ulanish jarayoni:

  • Abonent mobicinema.uz saytida ro‘yxatdan o‘tadi/avtorizatsiyadan o‘tadi. Shuningdek, abonentni ro‘yxatdan o‘tkazish va xizmatni ulash OPERATORning billing tizimi orqali abonent so‘roviga asosan amalga oshirilishi mumkin.

  • Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishgandan so‘ng, abonent MobiCinema akkauntida o‘z telefon raqamini kiritadi.

  • Abonentga «1490» qisqa raqamidan tasdiqlash kodi yuboriladi.

  • Tasdiqlash kodi kiritilgandan so‘ng, abonent maxfiylik siyosati va foydalanuvchi bitimi shartlarini qabul qiladi hamda bosh sahifaga o‘tadi.

  • So‘ng abonent o‘zini qiziqtirgan kontentni tanlaydi va 1 kun yoki 1 oy amal qilish muddatiga ega obunani rasmiylashtiradi.

Obuna tanlangan muddat yakunida avtomatik ravishda uzaytiriladi. Obuna muddati tugagach, agar abonent obunani oldindan bekor qilmagan bo‘lsa va balansida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, keyingi davr uchun to‘lov yechib olinadi. Obunani avtomatik uzaytirishni mobicinema.uz veb-sayti orqali o‘chirish mumkin.

Shartlar:

  • «MobiCinema» xizmatidan foydalanish uchun «Mobil internet» xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak (agar u o‘chirilgan bo‘lsa).

  • Obunani faollashtirish uchun balansda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lishi zarur.

  • Obuna faollashtirilgan paytdan boshlab uning amal qilish muddati tugaguncha amal qiladi.

  • Faol obuna mavjud bo‘lsa, abonent xuddi shu turdagi boshqa obunani faollashtira olmaydi.

  • mobicinema.uz portalidan foydalanilganda trafik tarif rejasi shartlariga muvofiq tariflanadi.

Ro‘yxatga qaytish