Aksiya amal qilish muddati: 30.05.2025 y.dan 30.04.2026 y.gacha (shu jumladan).
«ORZU 90», «ORZU 110», «ORZU 150», «Mazza 70», «Xotirjam 80», «Xotirjam 100» tarif rejalariga yangi ulanganda abonentga xuddi shunday yoki abonent to‘lovi kamroq, lekin oyiga 60 000 so‘mdan past bo‘lmagan («XL» tarifidan tashqari) tarif rejasiga ikkinchi abonent raqamini ulash imkoniyati beriladi, bunda birinchi oy uchun abonent to‘loviga 100% chegirma taqdim etiladi.
Shartlar:
- Aksiya faqat Mobiuzning shaxsiy ofislari va dilerlar ofislarida amalga oshiriladigan yangi ulanishlar uchun mavjud.;
- Ikkinchi SIM-kartadagi tarif rejasiga kiritilgan MB, daqiqa va SMS to‘plamlari asosiy SIM-karta faollashtirilgan kundan boshlab to‘liq hajmda taqdim etiladi;
- Ikkinchi SIM-karta ulangan kundan boshlab to‘liq bir oy tugagach, keyingi barcha oylar/kunlar uchun abonent to‘lovi to‘liq hajmda (chegirmasiz) hisoblanadi. Abonent to‘loviga kiritilgan MB, daqiqa va SMS to‘plamlari har oy/kunda to‘liq hajmda taqdim etiladi;
- Aksiya doirasida (abonent to‘loviga 100% chegirma bilan) qo‘shimcha raqamni ulash asosiy raqam ro‘yxatdan o‘tkazilgach, o‘sha kunning o‘zida amalga oshiriladi;
- Bir jismoniy shaxs nomiga ulangan ikki raqamdan faqat abonent to‘lovi teng yoki past bo‘lgan tarif rejasiga 100% chegirma taqdim etilishi mumkin. Abonent to‘lovi yuqoriroq bo‘lgan tarif rejasiga 100% chegirma berilmaydi;
- Aksiya doirasida ishtirok etayotgan tarif rejalardan boshqa tarif rejasiga o‘tilganda, yangi tarif rejasining abonent to‘lovi to‘liq hajmda undiriladi. (Tarif rejasini almashtirish faqatgina faollashtirilganidan 24 soat o‘tgach amalga oshirilishi mumkin).



