Biz ijtimoiy tarmoqlarda

«MobiWin 2.0»

Mazkur Qoidalar Aksiyani o‘tkazish shartlari va tartibini, g‘oliblarni aniqlash jarayonini, sovrinlarni topshirish shartlari hamda muddatlarini, shuningdek Aksiya to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni belgilaydi.

Aksiya nomi: «MobiWin 2.0»

O‘tkazilish muddati: 2026-yil 9-martdan 2026-yil 31-maygacha (shu jumladan)

AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Aksiyada ishtirok etishga quyidagi talablarga javob beradigan Abonentlar – jismoniy shaxslar ruxsat etiladi:

  • Abonent O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi (yashash guvohnomasiga ega) chet el fuqarosi / fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak;

  • Abonent mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejasining foydalanuvchisi bo‘lishi kerak;

  • Abonentning Shartnomasi Aksiya o‘tkazilish davrida va g‘oliblar aniqlanadigan paytda amalda bo‘lishi kerak;

  • Abonentning SIM-kartasi Aksiya o‘tkazilish davrida va g‘oliblar aniqlanadigan paytda faol (bloklanmagan) bo‘lishi kerak.

Quyidagilar Aksiyada ishtirok etish va sovrin olish huquqiga ega emas:

  • O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

  • 16 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • «UMS» MChJ xodimlari (Aksiya o‘tkazilish davrida mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar), shuningdek ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan farzandlari, shuningdek turmush o‘rtog‘ining ota-onalari, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari);

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma (GPH) tuzgan jismoniy shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJʼning vakolatli dilerlari, ularning xodimlari (dilerlar, dilerlarning vakillari, operatorlar)

  • Abonentlar – yuridik shaxslar

AKSIYA SHARTLARI

Aksiya ishtirokchisiga aylanish va ballarni olish uchun mobil ilovada Aksiya shartlarini qabul qilish hamda ishtirok etishga va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilikni tasdiqlash zarur. Ballar faqat abonentning Aksiyada ishtirok etishga roziligi tasdiqlangandan so‘ng hisoblanadi.

Ilovadagi harakatlar uchun abonent ballar oladi, ular uning haftalik va umumiy reytingida aks ettiriladi. 

Amallar

Shart

Ballar

Cheklovlar

Aksiyada ishtirok etishga rozilik berish

10

Aksiya davomida 1 marta

Ilovaga kirish

Kuniga 1 marta

1 dan 7 gacha

Ballar ilovaga kirish uchun har kuni hisoblanadi; bir kun o‘tkazib yuborilganda ketma-ketlik bekor qilinadi va 1 balldan qayta boshlanadi.

Istalgan xizmat uchun to‘lov

20 000 so‘mdan

3

Bir hafta davomida 30 balldan ortiq hisoblanmaydi.

Mobiuz raqamiga to‘lov

20 000 so‘mdan

3

Bir hafta davomida 30 balldan ortiq hisoblanmaydi.

Kartaga o‘tkazma

50 000 so‘mdan o‘tkazma

3

Bir hafta davomida 30 balldan ortiq hisoblanmaydi.

Do‘stni taklif qilish

Taklif qilingan abonentning ilovada muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tishi

10

1 do‘st = 1 marta hisoblash

Yangi bo‘limni ko‘rish

 

3

Haftasiga 1 marta

1000 MB to‘plamni ulash

 

5

2000 MB to‘plamni ulash

 

8

3000 MB to‘plamni ulash

 

12

5000 MB to‘plamni ulash

 

16

10000 MB to‘plamni ulash

 

24

20 000 MB to‘plamni ulash

 

30

30 000 MB to‘plamni ulash

 

36

50 000 MB to‘plamni ulash

 

42

100 000 MB to‘plamni ulash

 

50

40 000 so‘mlik MobiWin 5 Gb promo-to‘plamini ulash

Abonentning joriy ballar sonini bir martalik ikki baravar oshiradi

Ballar x2

To‘plamni kuniga bir martadan ortiq faollashtirish mumkin emas

Restart xizmatini faollashtirish

5

MobiWin 5 Gb promo-to‘plami – 40 000 so‘m evaziga 5 GB hajmdagi oylik internet-to‘plam bo‘lib, abonentning joriy ballarini bir martalik ikki baravar oshirish imkonini beradi. To‘plamdan foydalanish shartlari oylik internet-to‘plamlardan foydalanish shartlariga o‘xshash.

Mazkur to‘plamni kuniga bir martadan ortiq faollashtirish mumkin emas. 

Haftalik reyting – joriy hafta davomida ballarni to‘playdi va ishtirokchiga 5 000 000 so‘m sovringa da’vogarlik qilish imkonini beradi. Haftalik ballar hafta yakunida nolga tushiriladi, biroq umumiy reytingda jamlanadi va yakuniy o‘yin uchun finalchilar ro‘yxatini shakllantirishda hisobga olinadi.

Haftalik bosqich g‘olibi — joriy hafta davomida eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi hisoblanadi.

Umumiy reyting Aksiya davomida barcha ballarni jamlaydi va ishtirokchiga bosh sovringa da’vogarlik qilish imkonini beradi.

Yakuniy o‘yinda Aksiya davri davomida eng ko‘p jamlangan ballar soni bo‘yicha TOP-5 o‘rinni egallagan 5 nafar abonent ishtirok etadi.

Qo‘shimcha shartlar:

  • Mobiuz raqamini yoki ilovada istalgan xizmat uchun to‘lov qilish uchun haftasiga 30 balldan ortiq ball berilmaydi;

  • Mobil ilovada 50 000 so‘mdan boshlab mablag‘ o‘tkazish uchun haftasiga 30 balldan ortiq ball berilmaydi;

  • Ilovaga kirish uchun ballar har kuni 1 dan 7 gacha o‘sish tartibida hisoblanadi, bir kun o‘tkazib yuborilganda ketma-ketlik nolga tushiriladi va 1 balldan qayta boshlanadi;

  • Mobil ilovaning yangi bo‘limlarini ko‘rish uchun ballar haftasiga bir martadan ortiq berilmaydi;

  • Aksiya doirasida hisoblangan ballar Aksiya davrida Aksiyada ishtirok etuvchi tarif rejasiga o‘tilganda saqlanadi;

  • Aksiya davrida Aksiyada ishtirok etmaydigan tarif rejasiga o‘tilganda ballar bekor qilinadi va tiklanmaydi;

  • Shartnoma bekor qilinganda olingan ballar bekor qilinadi;

  • Raqamni Raqam egasini o‘zgartirish yoki tiklash holatlarida ballar bekor qilinadi va tiklanmaydi;

  • Ballarni boshqa foydalanuvchi / abonentga o‘tkazish mumkin emas;

  • Abonent balansni to‘ldirib, ball olgan mablag‘lar qaytarilmaydi va aloqa xizmatlariga sarflanishi kerak;

  • Bitta abonent (ilovadagi bir xil foydalanuvchi profili) ketma-ket ikki marta haftalik sovrin g‘olibi bo‘la olmaydi. Bunday holatda haftalik reytingda keyingi o‘rinni egallagan abonent g‘olib deb topiladi;

  • Haftalik reyting yakuniga ko‘ra ikki abonent teng ball to‘plagan taqdirda, ushbu ballarni birinchi bo‘lib to‘plagan abonent g‘olib deb topiladi;

  • Restart xizmatini faollashtirish uchun ballar bir xil davr uchun xatolik sababli qayta hisob-kitob va qaytarish amalga oshirilgan taqdirda bir martadan ortiq berilmaydi. 

AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI 

Haftalik sovrinlar: 

Hafta

Ballarni jamlash muddati

G‘olib

Sovrin

1

9.03.2026-15.03.2026

1

5 000 000 so‘m

2

16.03.2026-22.03.2026

1

5 000 000 so‘m

3

23.03.2026- 29.03.2026

1

5 000 000 so‘m

4

30.03.2026-5.04.2026

1

5 000 000 so‘m

5

6.04.2026 – 12.04.2026

1

5 000 000 so‘m

6

13.04.2026 -19.04.2026

1

5 000 000 so‘m

7

20. 04.2026 -26.04.2026

1

5 000 000 so‘m

8

27. 04.2026 – 3.05.2026

1

5 000 000 so‘m

9

4. 05.2026 -10.05.2026

1

5 000 000 so‘m

10

11.05.2026 -17.05.2026

1

5 000 000 so‘m

11

18. 05.2026 -24.05.2026

1

5000 000 so‘m

12

25.05.2026 -31.05.2026

1

5 000 000 so‘m

Yakuniy o‘yin: 

Umumiy reyting bo‘yicha TOP-5 finalchi

Bosh sovrin g‘olibi

500 000 000 so‘m

2-finalchi

50 000 000 so‘m

3-finalchi

50 000 000 so‘m

4-finalchi

50 000 000 so‘m

5-finalchi

50 000 000 so‘m

G‘OLIBLARNI ANIQLASH

  • Haftalik bosqich g‘oliblari har hafta yakuniga ko‘ra haftalik reyting ma’lumotlari asosida aniqlanadi. G‘olib hafta davomida eng ko‘p ball to‘plagan abonent hisoblanadi;

  • Bitta abonent (aynan bir foydalanuvchi profili) haftalik sovrin g‘olibi ketma-ket ikki marta bo‘la olmaydi. Bunday holatda haftalik reytingda keyingi o‘rinni egallagan abonent g‘olib deb topiladi;

  • Haftalik reyting yakuniga ko‘ra teng miqdorda ball to‘plagan ikki abonent mavjud bo‘lsa, ushbu ballarni birinchi bo‘lib to‘plagan abonent g‘olib deb topiladi;

  • Kompaniya Aksiya g‘olibi bo‘lgan abonentni g‘olib aniqlangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida xabardor qiladi.

Bosh sovrin o‘yini

Yakuniy o‘yinda Aksiya davri davomida jamlangan ballar soni bo‘yicha TOP-5 o‘rinni egallagan 5 nafar abonent ishtirok etadi;

Umumiy reyting yakuniga ko‘ra TOP-5 finalchilar qatoriga teng miqdorda ball to‘plagan ikki yoki undan ortiq abonent da’vogarlik qilsa, ushbu ballarni birinchi bo‘lib to‘plagan abonent finalchilar ro‘yxatiga kiritiladi;

Yakuniy o‘yin studiya shou formati asosida o‘tkaziladi:

  • Ishtirokchilarga tugmali qurilma taqdim etiladi. Ishtirokchining vazifasi — hisob boshlanishidan boshlab o‘zining ichki sezgisi asosida belgilangan vaqt oralig‘i o‘tgach tugmani qayta bosish

  • Haqiqiy vaqt avtomatik tarzda qayd etiladi

  • Har bir raundda qayd etilgan vaqti belgilangan vaqt oralig‘idan eng katta og‘ishga ega bo‘lgan ishtirokchi (katta yoki kichik tomonga) aniqlanadi. Bunday ishtirokchi keyingi bosqichdan chiqariladi

  • Bitta ishtirokchi chiqarilgandan so‘ng qolgan ishtirokchilar o‘rtasida xuddi shu qoidalar asosida keyingi raund o‘tkaziladi

  • Agar raund yakuniga ko‘ra ikki yoki undan ortiq ishtirokchi belgilangan vaqt oralig‘idan bir xil eng katta og‘ishni ko‘rsatsa, ular o‘rtasida qo‘shimcha raund o‘tkaziladi. Qo‘shimcha raundda belgilangan vaqtdan eng katta og‘ishga ega bo‘lgan ishtirokchi chiqariladi. Natija yana teng bo‘lsa, chiqarilishi lozim bo‘lgan ishtirokchi aniqlanguncha qo‘shimcha raundlar o‘tkaziladi

  • Raundlar faqat bitta ishtirokchi qolguniga qadar o‘tkaziladi;

  • Oxirgi bo‘lib qolgan ishtirokchi yakuniy o‘yin g‘olibi deb e’tirof etiladi.

Yakuniy o‘yin sanasi, vaqti va joyi Kompaniya tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Marosim o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt Aksiya ishtirokchilariga qo‘shimcha ravishda sayt va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot joylashtirish va/yoki SMS-xabarnoma yuborish orqali yetkaziladi;

Yakuniy o‘yin o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida abonentlar kamida 5 kun oldin sayt va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot joylashtirish hamda besh nafar finalchini telefon orqali xabardor qilish orqali ogohlantiriladi;

Yakuniy o‘yin g‘olibini aniqlash jarayoni Kompaniyaning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida jonli efirda namoyish etiladi;

Aksiyaning yakuniy o‘yin jarayoni ustidan Mustaqil komissiya nazorat olib boradi. Mustaqil komissiya tarkibi «UMS» MChJ Bosh direktorining tegishli Farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Mustaqil komissiya uch nafar shaxsdan iborat bo‘lib, ular «UMS» MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lmagan (shu jumladan «UMS» MChJ bilan GPH shartnomasi tuzgan shaxslar), shuningdek «UMS» MChJning tijorat vakillari (dilerlar, dilerlarning vakillari, operatorlar) bilan mehnat munosabatlarida bo‘lmagan shaxslardan iborat bo‘ladi;

Mustaqil komissiyaning vazifalariga Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayonida ishtirok etish hamda ushbu jarayonning shaffof amalga oshirilishini kuzatish kiradi. Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayonining shaffofligiga ta’sir qiluvchi holatlar va/yoki shubhalar yuzaga kelgan taqdirda, Mustaqil komissiya a’zolari jarayonni to‘xtatib turish va shaffoflikni buzuvchi sabab va holatlar bartaraf etilgandan so‘ng uni qayta davom ettirishni talab qilish huquqiga ega;

Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayoni yakunlangandan so‘ng, jarayon ishtirokchilari va Mustaqil komissiya a’zolari «UMS» MChJ tomonidan o‘tkazilgan «MobiWin 2.0» marketing aksiyasi g‘oliblarini aniqlash to‘g‘risidagi Bayonnomani tuzadilar va imzolaydilar.

SOVRINNI OLISH TARTIBI, MUDDATLARI, JOYI VA SHARTLARI

1.     Sovrinlarni topshirish tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi;

2.     Aksiya G‘olibi uning yakunlari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida sovrinni rasmiylashtirish uchun barcha zarur hujjatlarni (7-bandga qarang) taqdim etishi shart;

3.     Kompaniya sovrin hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida Aksiya G‘olibiga sovrinni topshirish majburiyatini oladi;

4.     Sovrinni faqat Aksiya G‘olibi bo‘lgan jismoniy shaxs, ya’ni yutuqli ID-kod biriktirilgan abonent raqami uning nomiga rasmiylashtirilgan shaxs olishi mumkin;

5.     Pul sovrinlari G‘oliblarga naqdsiz shaklda, pul mablag‘larini G‘olibning bank hisob raqamiga o‘tkazish orqali, to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlar ushlab qolinib beriladi. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i pul sovrinidan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq ushlab qolinadi;

6.     G‘oliblar zarur hujjatlarni topshirish uchun “UMS” MChJning shaxsiy ofislariga murojaat qilib, sovrinlarni olishlari mumkin. Agar G‘olib belgilangan muddatlarda (2-band) “UMS” MChJning shaxsiy ofislariga sovrinni olish maqsadida murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni berishni rad etish huquqiga ega. Bunday holatda Kompaniya sovrinni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi;

7.     Sovrinni olishdan oldin G‘olib shaxsan “UMS” MChJning shaxsiy ofisiga murojaat qilishi va quyidagilarni taqdim etishi lozim:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nusxasi;

  • STIR, JShShIR;

  • G‘olib tomonidan imzolangan tilxat (1-ilova) bank rekvizitlari hamda pul mablag‘ini G‘olibning bank hisob raqamiga o‘tkazishga roziligi va JShDS ushlab qolinishi to‘g‘risidagi ariza bilan (pul sovrini bo‘lgan taqdirda);

  • Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasidagi abonent shartnomasi. 

8.     Agar da’vogar (Aksiya G‘olibi)ning “UMS” MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan yoki “UMS” MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi aniqlansa, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilganligi aniqlansa, sovrin berilmaydi;

9.     Agar sovrin topshirilgandan so‘ng Aksiya doirasida da’vogar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilganligi aniqlansa, Kompaniya sovrin qiymatini sud tartibida undirish huquqini o‘zida saqlab qoladi;

10. Kompaniya quyidagi hollarda G‘olibning Aksiya natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi:

  • G‘olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga mos kelmasligi aniqlanganda;

  • Mazkur Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etishdan bosh tortilganda yoki taqdim etilmaganda;

  • Mazkur Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarda G‘olib tomonidan yolg‘on ma’lumot taqdim etilganligi aniqlanganda.

11. Aksiya natijalari bekor qilingan taqdirda, Kompaniya sovrinni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi;

12. Agar Aksiya G‘olibi Toshkent shahrida yashamasa, “UMS” MChJ G‘olibning Toshkent shahriga kelishi bilan bog‘liq har qanday xarajatlarni (Toshkent shahriga borish va qaytish yo‘l haqi, mehmonxonada joylashish, ovqatlanish va boshqalar), shuningdek sovrinni G‘olibning yashash manziliga yoki boshqa manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi;

13. Sovrinni rasmiylashtirish/olish jarayonida G‘olib rasmiylashtirish/olish jarayoni bilan bog‘liq barcha zarur hujjatlarni imzolash majburiyatini oladi, unda Abonentning shaxsiy ma’lumotlari hamda Sovrin to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot ko‘rsatiladi. Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki sovrinni olish jarayonida talab etilgan hujjatlarni taqdim etish kabi boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarishdan bosh tortishi, G‘olibning sovrinni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi;

14. Pul Sovrinini rasmiylashtirish/olish jarayonida G‘olib sovrinni olish jarayonini Kompaniyaning rasmiy sahifalarida foydalanish va e’lon qilish uchun foto va video tasvirga olishga o‘z roziligini beradi;

15. “UMS” MChJ pul mablag‘ini naqd shaklda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi;

16. Aksiya G‘oliblari tomonidan sovrin talab qilinmagan yoki har qanday sababga ko‘ra sovrinni olishdan bosh tortilgan taqdirda, Kompaniya talab qilinmagan sovrinlarni qayta o‘ynash huquqini o‘zida saqlab qoladi;

17. “UMS” MChJ mazkur Qoidalarning barcha talablari va shartlari G‘olib tomonidan bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrin berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi;

18. “UMS” MChJ quyidagilar uchun javobgar emas:

  • ishtirokchilarning g‘oliblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan mobi.uz saytida tanisha olmasligi;

  • qo‘ng‘iroq qilish va/yoki SMS-xabarnoma yuborish vaqtida abonent raqamining bloklangan holatda bo‘lishi;

  • sovrinni olish uchun zarur ma’lumotlar/hujjatlarning ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra olinmasligi/yoki o‘z vaqtida olinmasligi;

  • Aksiya ishtirokchilari tomonidan sovrinlarni olish Qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmasligi (yoki o‘z vaqtida bajarilmasligi);

  • Aksiya G‘oliblari tomonidan sovrinlar talab qilinmagan yoki ulardan bosh tortilgan taqdirda sovrinlarning olinmasligi;

  • uchinchi shaxslar aybi va/yoki fors-major holatlari sababli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmasligi.

IZOHLAR

Aksiyada ishtirok etish va o‘zining shaxsiy hamda kontakt ma’lumotlarini taqdim etish orqali Ishtirokchi Kompaniyaga o‘zining shaxsiy kontakt manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy xarakterdagi saytlarda, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda — qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishida reklama xabarnomalarini yuborish huquqini va o‘z roziligini (ruxsatini) beradi. Bunda ishtirokchilardan qo‘shimcha rozilik olish va buning uchun ularga biron-bir mukofot to‘lash talab etilmaydi;

Aksiya Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq barcha harakatlarni mazkur Hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart;

“UMS” MChJ mazkur Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq Aksiya g‘oliblarini aniqlash hamda ularga sovrinlarni taqdim etish majburiyatini oladi;

“UMS” MChJ mazkur Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan kelib chiqadigan hollar bundan mustasno, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralarga yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi;

Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Aksiyaning Ta’riflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek sovrinlarni olish Tartibi bilan to‘liq tanishganligini va ularga roziligini tasdiqlaydi;

“UMS” MChJ Aksiya Qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotni mobi.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi;

Aksiya muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda, “UMS” MChJ mobi.uz rasmiy saytida tegishli эълон e’lon qilish majburiyatini oladi.


Ro‘yxatga qaytish