Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Daqiqalarni MBga almashtirish

Siz ushbu xizmat doirasida, tarif rejasi doirasidagi joriy daqiqalarni almashtirishingiz va tarif rejasining joriy tunu-kun uchun mo‘ljallangan MB hisoblagichiga MB qo‘shishingiz mumkin (Mobiuz 8 yil TR, Xotirjam tariflar turkumi va cheksiz daqiqalar bo‘lgan boshqa tarif rejalaridan tashqari).

Xizmatdan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan, barcha yo‘nalishlarga daqiqalar hisoblagichi bo‘lgan tarif rejalaridagi abonentlarda foydalanish imkoniyati mavjud (Mobiuz 8 yil TR, Xotirjam tariflar turkumi va cheksiz daqiqalar bo‘lgan boshqa tarif rejalaridan tashqari).

Xizmatning narxi har bir almashtirish uchun 2000 so‘m.

Daqiqalarni MBga almashtirish uchun *250# USSD-buyrug‘ini terish kerak.


Izohlar:

  • Xizmatdan abonent – jismoniy shaxslarda foydalanish imkoniyati mavjud.

  • Oylik va kunlik daqiqalar hajmini almashtirish imkoniyati mavjud.

  • Narxi hajmdan qat’i nazar 2000 so‘m.

  • Almashtirish 1 ga 1 tarzida amalga oshiriladi, ya’ni 1 daqiqa 1 MBga almashtiriladi.

  • Almashtirishda MB joriy MB hajmiga (oylik yoki kunlik) qo‘shiladi.

  • MBni daqiqalar to‘plamiga qayta almashtirish imkoniyati mavjud emas.

  • To‘plamlar doirasida xarid qilingan daqiqalar almashtirilmaydi.

  • "Gap Ko‘p" xizmati doirasida taqdim qilinadigan daqiqalar almashtirilmaydi

  • Almashtirishni faqatgina faol holatda amalga oshirish mumkin, abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lishi va 2000 so‘mdan ko‘p qiymatni tashkil qilishi kerak.

Ro'yxatga qaytish