eSIMʼni bepul onlayn ulash
Mobiuzʼga uydan chiqmasdan onlayn ulaning
eSIM (embedded SIM) — bu jismoniy SIM-kartani almashtiruvchi ichki raqamli SIM-karta. U orqali 5 tagacha raqamni saqlash va ular orasida almashish mumkin.
eSIMʼni qanday ulash mumkin?
Jismoniy shaxslar uchun
Ulanish qoidalari:
- eSIM’ga ulanish uchun abonentda ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi qurilma bo‘lishi kerak.
- QR-kod orqali profilni faollashtirishda barqaror internet aloqasi zarur (Wi-Fi yoki mobil tarmoqdan foydalanish mumkin).
- QR-kod orqali profilni yuklab olish bir martalik bo‘lib, faqat bitta qurilmaga bog‘lanadi.
Mobiuz ofisida:
- Mobiuz kompaniyasining eng yaqin ofisiga tashrif buyuring.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va eSIM qo‘llab-quvvatlovchi qurilmani taqdim eting.
- eSIM profilini faollashtiring, balansni to‘ldiring va aloqa xizmatlaridan foydalanishni boshlang!
Mobiuz ofislari
Mobil ilova orqali
Onlayn:
Yuridik shaxslar uchun
Ulanish qoidalari:
- eSIM’ga ulanish uchun abonentda ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi qurilma bo‘lishi kerak.
- QR-kod orqali profilni faollashtirishda barqaror internet aloqasi zarur (Wi-Fi yoki mobil tarmoqdan foydalanish mumkin).
- QR-kod orqali profilni yuklab olish bir martalik bo‘lib, faqat bitta qurilmaga bog‘lanadi.
Yuridik shaxslar eSIM’ni quyidagi usullardan biri orqali ulashlari mumkin:
1. Mobiuz sotuv ofisi orqali
eSIM’ni ulash uchun mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha shartnoma tuzish uchun zarur hujjatlar to‘plami bilan sotuv ofisiga tashrif buyurish lozim:
- Ulanish bo‘yicha arizaning asl nusxasi (Mobiuz namunaviy blankasida yoki tashkilotning firma blankasida).
- Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
- QQS to‘lovchisi sifatida Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi nusxasi.
- Rahbar yoki ishonchli vakilning pasporti asli (rahbar pasportining nusxasi majburiy hisoblanadi).
- Vakil nomiga berilgan ishonchnoma (agar hujjatlarni rahbar emas, boshqa shaxs topshirayotgan bo‘lsa).
- eSIM’ni qo‘llab-quvvatlovchi qurilma (faollashtirish uchun albatta o‘zingiz bilan bo‘lishi lozim).
Onlayn tarzda didox.uz platformasi orqali
Didox tizimiga ulangan yuridik shaxslar eSIM ulanishini to‘liq onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin:
- didox.uz saytida akkauntingizda avtorizatsiyadan o‘ting
- Mobiuz xizmatlari bo‘limiga o‘ting.
- eSIM bo‘yicha ariza topshirish uchun ko‘rsatmalarga amal qiling.
- Jarayon yakunlangach, eSIM’ni faollashtirish uchun QR-kodni oling.
Barcha ulanish usullari uchun eSIM’ni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmaning mavjudligi majburiy hisoblanadi.
Savollar yuzaga kelgan taqdirda, 0990 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatmalar
SIM-kartani virtual eSIM’ga almashtirish xizmati
Agar abonent yuridik shaxs bo‘lsa, SIM-kartani almashtirish rasmiy xat asosida amalga oshiriladi.
Agar abonentni uning qonuniy vakili vakillik qilayotgan bo‘lsa, SIM-kartani almashtirish amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, ishonchnoma asosida, unda ishonch bildiruvchi tomonidan berilgan huquqlar va harakatlar tavsifi bilan amalga oshiriladi.
Bunday hollarda ishonchli shaxs ishonchnomaning asl nusxasini taqdim etish bilan birga o‘z pasportini ham ko‘rsatadi.
Raqamni eSIM’ga qayta tiklash» xizmati
Raqamni eSIM’ga qayta tiklash xizmati abonent bilan yangi Shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Abonent ushbu xizmatdan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga haqli emas.
Raqamni qayta tiklash xizmati faqatgina abonent raqami oxirgi marta shartnoma bekor qilinmaguncha rasmiylashtirilgan abonentning o‘ziga taqdim etiladi.
Raqamni tiklash faqat abonentlik shartnomasi bekor qilinmaguncha raqam rasmiylashtirilgan shaxs nomiga amalga oshiriladi.
Raqamni tiklash notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Ishonchnomada albatta tiklanayotgan abonent raqami va xizmat nomi ko‘rsatilishi lozim.
eSIM’da raqam egasini o‘zgartirish
Agar abonent raqam egasini o‘zgartirish maqsadida murojaat qilsa hamda eSIM profilini boshqa qurilmaga yuklash istagida bo‘lsa, yangi qurilmaga eSIM profilini yuklash uchun «SIM’ni almashtirish» amalga oshirilishi lozim (chunki eSIM profili bir martalik bo‘lib, raqam egasini o‘zgartirish jarayonida eskisi bekor qilinadi va yangi eSIM profili yuklanadi).
Raqam egasini o‘zgartirish amaldagi va yangi abonent (yoki amaldagi abonent – jismoniy shaxs – tomonidan ishonch asosida vakillik qiluvchi shaxs) ishtirokida amalga oshiriladi. Abonentlar o‘zlari bilan pasportlarining asl nusxasini olib kelishlari lozim. Raqam egasini o‘zgartirish bo‘yicha arizalar Kompaniya tomonidan ularning topshirilgan kundan boshlab 10 kalendar kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
eSIM’ni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar
- Xiaomi 15 Ultra
- Xiaomi 15 Pro
- Xiaomi 15
- Xiaomi 14T Pro
- Xiaomi 14 Pro
- Xiaomi 14T
- Xiaomi 14
- Xiaomi 13T Pro
- Xiaomi 13 Pro
- Xiaomi 13T
- Xiaomi 13
- Xiaomi 13 Lite
- Xiaomi 12T Pro
- Redmi Note 14 Pro +
- Redmi Note 14 Pro
- Redmi Note 13 Pro +
- Redmi Note 13 Pro
- Poco X7
- Galaxy S25 / S25+ / S25 Ultra
- Galaxy S24 / S24+ / S24 Ultra
- Galaxy S23 / S23+ / S23 Ultra
- Galaxy S22 / S22+ / S22 Ultra
- Galaxy S21 / S21+ / S21 Ultra
- Galaxy S20 / S20+ / S20 Ultra
- Galaxy Z Fold6 / Flip6
- Galaxy Z Fold5 / Flip5
- Galaxy Z Fold4 / Flip4
- Galaxy Z Fold3 / Flip3
- Galaxy Z Fold2
- Galaxy Z Flip 5G / Flip
- Galaxy S23 FE
- Galaxy A54 (Yevropa, AQSH, Koreya,Yaponiya)
- Galaxy A55 (barcha hududlar)
- Galaxy A35 (Yevropa, AQSH, Koreya)
- Galaxy XCover 7 (barcha hududlar)
- iPhone 11/12/13/14/15/16/XR/XS
- iPhone 16e
- iPhone SE 2020/2022
- iPhone 14/15/16 Plus
- iPhone 11/12/13/14/15/16 Pro
- iPhone 11/12/13/14/15/16 Pro Max
- iPhone XS Max
- iPhone 12/13 mini
- HONOR Magic4 Pro
- HONOR Magic5 Pro
- HONOR Magic6 Pro
- HONOR Magic7 Pro
- HONOR Magic Vs
- HONOR Magic V2
- HONOR Magic V3
- HONOR Magic V5
- HONOR 90
- HONOR 200
- HONOR 400
- HONOR Magic7 Lite
- HONOR 400 Lite
- Huawei P40
- Huawei P40 Pro
- Huawei Mate 40 Pro
Boshqa xizmatlar
SAVOLLAR VA JAVOBLAR (FAQ)
eSIM profili — bu raqamga biriktirilgan tarif sozlamalari bo‘lib, ular QR-kod orqali yuklanadi. eSIM’ni chiqarib bo‘lmaydi, yo‘qotib ham, sindirib ham bo‘lmaydi — u bevosita smartfonga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Yo‘q, QR-kod orqali yuklanadigan eSIM profili faqat bir marta va bitta qurilmaga bog‘langan holda o‘rnatiladi. Agar qurilma almashtirilsa, eski profil o‘chirilib, yangisini yuklash uchun ofisga qayta murojaat qilish lozim bo‘ladi.
Bitta qurilmada 5 tagacha eSIM profilini saqlash mumkin. Ular orasida qurilma sozlamalari orqali bemalol almashish mumkin.
eSIM SIM-kartani to‘liq almashtiradi va jismoniy SIM-kartasiz ishlaydi. Internet faqat eSIM’ni faollashtirish yoki o‘chirish jarayonida kerak bo‘ladi.
Yo‘q. SIM-kartada saqlangan kontaktlarni oldindan qurilmaga saqlab qo‘yish kerak.
Ha, mumkin. Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qilish yoki Mobiuz saytida «SIM’ni eSIM’ga onlayn almashtirish» bo‘yicha ariza topshirish lozim.
Ha. Raqamingizga ulangan barcha tariflar va xizmatlar o‘z holicha qoladi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qiling yoki Mobiuz saytida «eSIM’ni onlayn ulash» bo‘yicha ariza yuboring. eSIM’ni almashtirish xizmati narxi – 30 000 so‘m.
(+998) 97 130 09 09 yoki 0890 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling, yoxud shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qiling.