Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Yorqin yoz» aksiyasi!

Aksiyani o‘tkazish davri: 2024-yil 24-iyundan 2024-yil 1-sentabrgacha (shu jumladan)

Hududiy qamrov: O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlari.

Ishtirok etish shartlari:

Aksiyada ishtirok etish uchun abonent imkoniyatga ega bo‘lishi va undan Mobiuz mobil ilovasida yoki promotion.mobi.uz saytida «omad charxpalagini» aylantirib foydalanishi kerak.

Imkoniyatlar quyidagi harakatlardan istalgan biri amalga oshirilganda beriladi:

Harakat

Harakat evaziga beriladigan imkoniyatlar soni*

Jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan, 35 000 so‘m va undan yuqoriroq bo‘lgan istalgan tarifga ulanish

2 ta imkoniyat

Restart xizmatini faollashtirish

1 ta imkoniyat

5000 MB va undan kattaroq oylik internet-to‘plamni ulash

1 ta imkoniyat

Hisobni Mobiuz mobil ilovasi orqali to‘liq 30 000 so‘mga to‘ldirish

 

1 ta imkoniyat

Mobil ilovaga boshqa abonentni (avval ilovada ro‘yxatdan o‘tmagan) taklif qilish

1 ta imkoniyat

*Imkoniyatlar aksiya ishga tushirilgan vaqt - 24.06.2024y. 12:00 dan hisoblanadi

SOVRIN JAMG‘ARMASI:

Abonentlar – ishtirokchilar orasida pul sovrinlari, hamda 100 % chegirmarli bonus xizmatlar o‘ynaladi.

  • Sovrinlar tasodifiy tarzda, «omad charxpalagini» aylantirish orqali o‘ynaladi.

  • Aksiyadagi pul sovrinlarining umumiy qiymati: 500 000 000 so‘mni tashkil qiladi.

  • Bonus xizmatlarning soni – cheklanmagan.

  • Pul sovrinlari quyidagi tartibda o‘ynaladi:

 

Qiymati

(so‘m)

G‘oliblarning soni

Jami

(so‘m)

har hafta

Pul sovrini 5 000 000

10

50 000 000

 

Aksiyaning butun davri davomida jami

100

500 000 000

Pul sovrinlari G‘oliblarga naqd pulsiz shaklda, to‘lovni amalga oshirish paytidagi O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, G‘oliblarning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib berish yordamida beriladi.

AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 

Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yiladiganlar:

  • Abonent – quyidagi talablarga mos keluvchi, jismoniy shaxslar:

  • Abonent O‘zR fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro/fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan)

  • 18 yoshga to‘lgan abonent

  • Abonent – jismoniy shaxslar uchun oldindan to‘lov qilish hisob-kitob tizimli tarif rejalarining foydalanuvchisi

  • Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish davrida va Aksiya go‘liblarini aniqlash paytida amalda bo‘lgan

  • Abonentning SIM-kartasi Aksiyani o‘tkazish davrida va g‘oliblarini aniqlash paytida faol (bandlanmagan) bo‘lgan

Aksiyada ishtirok eta olmaydigan va Aksiya doirasida sovrinni olishga da’vogarlik qila olmaydiganlar:

  • Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

  • 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar

  • Aksiya davrida «UMS» MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodim, jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari)

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari

  • «UMS» MChJ vakolatli dilerlari, ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar)

  • Abonentlar - Yuridik shaxslar

IMKONIYATLARNI ISHLATISH SHARTLARI

  • Hisobni to‘ldirish evaziga imkoniyatlar, balansi to‘ldirilgan abonentga beriladi

  • Abonent imkoniyatlarni sarflagan holatda, pul mablag‘larini qaytarish imkoniyati mavjud emas

  • Imkoniyatlarni boshqa foydalanuvchiga/abonentga berish mumkin emas

  • Imkoniyatlar hisobi to‘ldirilgan, undan Restart amalga oshirilgan, internet-to‘plam ulangan abonent raqamiga yoki abonent to‘lovi 35 000 so‘mdan yuqoriroq bo‘lgan tarif rejasiga ulangan abonent raqamiga beriladi.

  • Imkoniyatlar omad charxpalagini aylantirish yordamida bonus xizmatlar yoki pul sovriniga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim qiladi

  • Foydalanuvchida taqdim qilingan va bonus xizmatlar yoki pul sovrinlarini olish mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning sonini mobil ilovada yoki veb-sahifa orqali ko‘rish imkoniyati mavjud  

  • Abonent o‘zining mobil ilovadagi profilini o‘chirib tashlagan holatda («hisobni o‘chirish» funksiyasi), unga taqdim qilingan barcha imkoniyatlar o‘zgarmaydi.

  • Raqamning egasi o‘zgartirilganda yoki raqam bekor qilingandan keyin tiklangan holatda, abonentlik raqamida bonus xizmatlar yoki pul sovrinlarini olish uchun avvalroq to‘plangan imkoniyatlar bekor qilinadi.

  • Abonent tarif rejasini, boshqa tarif rejasiga (aksiyada ishtirok etayotgan) o‘zgartirgan holatda, avvalroq to‘plangan imkoniyatlar saqlanib qoladi.  

  • Imkoniyatlar bonus xizmatlarni olish uchun ishlatilgandan keyin ishlatilgan imkoniyatlarni qaytarish imkoniyati mavjud emas.

  • Frod alomatlari aniqlangan holatda, ularning evaziga imkoniyatlar berilgan mablag‘lar, faqatgina shartnoma, mobi.uz saytida joylashtirilgan, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi ommaviy oferta shartlariga muvofiq, bekor qilingandan qaytariladi 

BONUS XIZMATLARDAN FOYDALANISHNING QO‘SHIMCHA SHARTLARI:

  • Bonus xizmatni aksiya tugaguncha ulash imkoniyati mavjud, bundan keyin olingan bonus (agar u ishlatilmagan bo‘lsa) kuyadi.

  • Xizmatlardan foydalanish shartlari, joriy pullik xizmatlardan foydalanish shartlari bilan bir xil.

  • «Mobiuz 8 yil» tarif rejasida barcha turdagi internet-to‘plamlar, «Tungi DRIVE» xizmatlari, hamda «Unlim Premium» va Kunlik «Unlim» servislaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • «Kunlik Unlim» xizmati va «Unlim Premium» servisi bir vaqtning o‘zida ulanganda «Kunlik Unlim» xizmati doirasidagi tezlik faqat ulangan opsiyaga kirmagan manbalar uchun cheklanadi.

  • Unlim Premium servisining boshqa internet-to‘plamlar va opsiyalar orasida ishlatilish ustuvorligi – birinchi

  • Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularni sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:

  • Kunlik internet-to‘plam > TR doirasidagi trafik> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> Oylik internet-to‘plam > Oylik internet-to‘plam (Yorqin yoz) > boshqa to‘plamlar

  • Internet-to‘plamlarning 00:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:

  • Tungi internet-to‘plam -> Kunlik internet-to‘plam -> Tarif rejasi doirasidagi trafik -> OnNet trafiki -> Oylik internet-to‘plam (Yorqin yoz) > boshqa to‘plamlar.

  • Faol holatdagi Unlim Premium xizmati mavjud bo‘lganda, aksiya bo‘yicha xuddi shunday xizmatni ulash imkoniyati mavjud emas.

  • Faol holatdagi Tungi DRIVE xizmati mavjud bo‘lganda, aksiya bo‘yicha xuddi shunday xizmatni ulash imkoniyati mavjud emas.

PUL SOVRINLARINI OLISH TARTIBI, MUDDATLARI, JOYI VA SHARTLARI

1.  Sovrinlarni to‘lab berish tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin amalga oshiriladi.

2.  Kompaniya yutuq hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab, 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida Aksiya G‘oliblariga yutuq miqdoridagi pul sovrinlarini to‘lab berish majburiyatini oladi.

3.  Aksiya G‘oliblari, g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 15 (o‘n besh) ish kuni ichida, yutuqni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (8-bandni qarang) taqdim qilishlari shart.

4.  Yutuqni olish uchun faqat Aksiya g‘olibi– yutuqli ID-kod biriktirilgan Mobiuz abonent raqami nomida bo‘lgan, jismoniy shaxs da’vogarlik qilishi mumkin.

5.  “UMS” MChJ soliq va yig‘imlarni, Aksiya sovrin jamarg‘armasida nazarda tutilmagan, o‘z mablag‘laridan to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, yutuqdan ushlab qolinadi.

6.  Aksiya g‘olibi pul sovrinini olish haqidagi xohishini, o‘zi bilan barcha kerakli hujjatlari bo‘lgan holda (8-bandni qarang),“UMS” MChJ shaxsiy ofisiga bildirishi mumkin.

7.  Agar G‘olib belgilangan muddatlarda “UMS” MChJ shaxsiy ofisiga yutuqni olish xohishi bilan murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega. Pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi. Yutuq pul mablag‘idan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqni olib qolgan holda, Aksiya G‘olibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har qanday bankida ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

8.  Sovrinni olishdan oldin Aksiya g‘olibi “UMS” MChJ shaxsiy ofisiga shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun) yoki ID-karta.

  • milliy pasport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun) yoki ID-karta.

  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi va yashash uchun guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun)

  • Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasidagi abonentlik shartnomasi

  • bank hisob raqamining rekvizitlari

  • G‘olibning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazishga rozilik haqidagi tilxatni jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qolishga ariza bilan birga, kompaniya xodimlari bilan qarindoshlik aloqalari mavjud emasligi haqida tilxat va foto hamda videotasvirga rozilik.

Da’vogarning (pul mablag‘lari o‘ynalishining g‘olibi) "UMS" MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar bilan qarindoshligi, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda Sovrin berilmaydi.

Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani Aksiya doirasida yutuq topshirilgandan keyin aniqlansa, Kompaniya sovrinning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi.

9.  Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibning yutuq natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G‘olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;

  • Mazkur Qoidalarning 8-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;

  • G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 8-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.

Yutuq natijalari bekor qilingan holatda, pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

10.  G‘olib pul sovrinini rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida Abonent to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (Pul sovrini rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart. Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan yutuqlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, G‘olibning yutuqni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

11.  Pul sovrinini rasmiylashtirish/olish paytida G‘olib sovrinni olish jarayonini ishlatish va kompaniya rasmiy sahifalarida joylashtirish uchun foto va videotasvirga olinishiga o‘z roziligini beradi.

12.  “UMS” MChJ pul mablag‘i va sovrinlarni naqd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

13.  Aksiya g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra yutuqni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda, yutuq natijalari bekor qilinganda pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

14.  “UMS” MChJ G‘olib tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

15.   “UMS” MChJ quyidagi holatlar uchun javobgar emas:

  • abonent raqamining, g‘oliblarga qo‘ng‘iroq qilish paytida bandlangan holatda bo‘lishi

  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;

  • aksiya ishtirokchilari tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, Aksiya G‘oliblari tomonidan olinmagani;

  • uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

IZOHLAR

1.  Aksiyada qatnashgan hamda shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan Ishtirokchi o‘zining shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy xarakterdagi saytlarga ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligini olmasdan va unga hech qanday mukofot to‘lanmagan holda, har qanday taqiqlanmagan shakldagi - qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishidagi reklama xabarlarining yuborilishi bo‘yicha Kompaniyaga huquq va o‘z roziligini (ruxsatini) beradi.

2.  Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni, mazkur Hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.

3.  “UMS” MChJ ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda Aksiya g‘oliblari – Aksiya Sovrin jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart.

4.  “UMS” MChJ Aksiya ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas. Ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5.  “UMS” MChJ, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

6.  Ishtirokchi Aksiyada qatnashish orqali, Aksiyaning Tasniflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek Sovrinlarni olish tartibi bilan to‘liq tanishganligi va roziligini tasdiqlaydi.

7.  “UMS” MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni mobi.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi.

8.  Aksiya o‘tkazilishi muddatidan avval to‘xtatilgan holatda “UMS” MChJ mobi.uz rasmiy saytida tegishli xabarni joylashtirish majburiyatini oladi.

Ro'yxatga qaytish